Yoshlar va xotin-qizlar tadbirkorlikka o'qimoqda.

Yoshlar va xotin-qizlar tadbirkorlikka o'qimoqda.

Avval xabar berganimizdek Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Qashqadaryo viloyati hududiy filiali tomonidan viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida tadbirkorlik tushunchalarini berishga yo'naltirilgan o'quv kurslari tashkil etilib kelinmoqda.Ushbu haftada Kitob tumani,Kasbi tumani va Qarshi shahrida ana shunday o'quv mashg'ulotlarida 60 nafar o'z tadbirkorligini boshlash istagidagi yoshlar va xotin-qizlarimiz qatnashib,kerakli bilim va ko'nikmalarga ega bo'ldilar.Kurs yakunida tinglovchilarimiz maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandilar.