"Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Qashqadaryo viloyat hududiy filiali tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida amalga oshirilgan ishlar , erishilgan natijalar va istiqboldagi rejalar" to‘g‘risida M A ‘ L U M O T

"Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Qashqadaryo viloyat hududiy filiali tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida amalga oshirilgan ishlar , erishilgan natijalar va istiqboldagi rejalar" to‘g‘risida M A ‘ L U M O T

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Qashqadaryo viloyat filiali tomonidan 30.12.2021 yilgacha jami 36 ta o‘quv kurslari tashkil etildi. Shundan 12 ta gurux "Oilaviy tadbirkorlik dasturlari orqali kredit olishni mo‘ljallagan aholi qatlamlari uchun” dasturi, 20 ta gurux" Aholi (Yoshlar va Xotin-qizlar) tadbirkorlikka qiziquvchi qatlamlarni tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish" dastur va 4 ta guruh “Aholini va tadbirkorlarni biznesga o‘qitish” dasturlari bo‘yicha tashkil etildi.

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Qashqadaryo viloyat filiali tomonidan  jami 674 nafar tinglovchilar kurslarga jalb etildi. Shundan sertifikat olganlar soni 627 nafarni tashkil etdi. O‘quv kurslarida taqdimot qilganlar soni jami 342 nafarni tashqil qilgan. 

O‘quv kursini tugatgan jami 674 nafar tinglovchilardan 171 nafari o‘z tadbirkorliklarini boshlab yuborishgan. Shu jumladan tadbirkorlik faoliyatini yangidan boshlaganlar 157 nafarni va tadbirkorlik faoliyatini kengaytirganlar 14 nafarni tashkil etdi.

Shu bilan birga jami tadbirkorlikni boshlab yuborgan 171 nafar tinglovchilardan 52 nafari o‘z mablag‘lari hisobidan tadbirkorliklarini boshlab yuborishgan.

O‘quv kursini tugatib o‘z tadbirkorliklarini boshlab yuborgan jami 171 nafar tinglovchilar o‘zlarini ish bilan ta’minlash bilan bir qatorida 109 nafar yangi ish o‘rni yaratishdi.

Biznesini boshlash arafasidagilar 227 nafarni tashkil etadi.

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Qashqadaryo viloyat filiali tomonidan Koson tumanida 4 ta, G‘uzor tumanida 2 ta, Muborak tumanida 1 ta, Nishon  tumanida 2 ta, Qarshi tumanida 1 ta, Kasbi tumani 1 ta, Kitob tumanida 1 va Qarshi shahrida 25 ta o‘quv kurslari tashkil etildi.

Shu davr mobaynida Ommaviy axborot vositalari va matbuot orqali jami 13 ta chiqish qilindi.

           Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Qashqadaryo viloyat filiali tomonidan 2022 yilda ana shunday 960 nafar o‘z tadbirkorligini boshlash istagidagi yoshlar va xotin-qizlarini tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha o‘quv kurslariga jalb qilish, imtiyozli kreditlardan foydalangan holda mustaqil bizneslarini boshlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish borasidagi harakatlarida ko‘makdosh bo‘ladilar.